Ilg‘or o‘qituvchilar uchun grantlar

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodga jahon andozalari darajasida puxta bilim berish, ularni mustaqil fikrli barkamol shaxs etib tarbiyalash imkonini bermoqda.

Poytaxtimizdagi Milliy san’at markazida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” tomonidan ta’sis etilgan Pedagogik grantlar dasturi ijrosiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodga jahon andozalari darajasida puxta bilim berish, ularni mustaqil fikrli barkamol shaxs etib tarbiyalash imkonini bermoqda. Ma’rifiy sohadagi ulkan o‘zgarishlarda pedagoglarni rag‘batlantirish, o‘qituvchilarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga tatbiq etish uchun yaqindan ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan 2006 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Pedagogik grantlar dasturi ta’limning barcha bo‘g‘inidagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb malakasini yuksaltirishga yo‘naltirilgandir. Dastur uchun o‘tkazilgan bu yilgi tanlovda mingdan ziyod o‘qituvchi fan va ta’limning turli yo‘nalishiga oid innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Ulardan ellik nafar eng yaxshi g‘oya va ishlanmalarning mualliflari saralab olindi. G‘olib o‘qituvchilar uchun ajratilgan grantlar ochiq darslar o‘tkazish, ta’limning interfaol uslublaridan foydalanish, mashg‘ulotlarga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, izlanishlar olib borish, qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
– Bugungi kunda o‘quvchiga puxta bilim berish barobarida ularning ma’naviyatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega, – deydi Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘qituvchisi Mohira Yunusova. – Ushbu dastur doirasida o‘tgan tanlov uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskani o‘quvchilarining ma’naviyatini yuksaltirish, muloqot madaniyatini yanada oshirishga oid loyiha tayyorladim. Uni amaliyotga joriy etishda ma’naviyat saboqlari, o‘quv-trening mashg‘ulotlar, amaliy seminarlarni tashkil etishni rejalashtiryapman. Dastur g‘olibi bo‘lganim ma’rifiy loyihani o‘quv jarayoniga to‘la tatbiq etish imkonini beradi.
Tadbirda dastur g‘oliblariga grantlar topshirildi. San’at ustalari va ijrochi yoshlarning konserti namoyish etildi.

manba:uza.uz




А так же :

BAE Systems объявила дату спуска АПЛ Astute


2. Культура и ее разделы.
Культура – это весьма сложная, многоуровневая система. Принято подразделять культуру по ее носителю. В зависимости от этого вполне правомерно, прежде всего, выделять мировую и национальные культуры. Мировая культура – это синтез лучших достижений всех национальных культур различных народов, населяющих нашу планету.


elvira: http://www.lifenews.ru/news/22496 Сваха "Давай поженимся" винит мужа в ...


Свежая модель от iKit – очень небольшой портативный компьютер Multimedia ...


new ammunition (2010)



Сайт создан в системе uCoz